Xayriya loyihasi · 2025-yildan

Bitta o‘yinchoq, bitta tabassum

Mehrli Toys ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga mehr ulashadigan xayriya loyihasi. Maktab, o‘quv markazi va festivallarga xayriya qutisi qo‘yamiz, uyda o‘ynalmay qolgan o‘yinchoqlarni yig‘amiz.

Har bir o‘yinchoqni tozalab, dezinfeksiya qilamiz va mehribonlik uylari, shifoxonalar va bog‘chalardagi bolalarga o‘z qo‘limiz bilan topshiramiz. Loyiha tijorat manfaatisiz, faqat ko‘ngillilar mehnati bilan yuritiladi.

tadbir, 2 yilda
22
bolaga yordam
500+
hamkorlik nuqtasi
10
davlat
2

Tadbir va bolalar soni loyiha hisobidan.

Mehrli Toys va NeuroHope ko‘ngillilari 1-sonli Muruvvat bolalar uyida
1-sonli «Muruvvat» bolalar uyi, 7-avgust 2026

Qutiga o‘yinchoq soling

Birga ishlaganlar

O‘yinchoqning yo‘li

Uyda o‘ynalmay qolgan o‘yinchoq besh qadamda boshqa bolaning quchog‘iga yetib boradi.

  1. 1

    Muassasalar bilan hamkorlik

    Maktab, o‘quv markazi yoki festival bilan kelishamiz: quti qayerda turadi, o‘quvchi va ota-onalarga kim aytadi. Ko‘p joyda loyihani o‘sha maktabning o‘quvchi-elchilari olib boradi.

    KanaldanFarg‘onadagi Rahimov School birinchi hamkor maktab bo‘ldi, 2025-yil oktabr.
  2. 2

    Yig‘ish qutilarini yetkazish

    Maktab yoki markazga Mehrli Toys qutisini olib borib o‘rnatamiz. Yoniga loyiha haqida kichik kitobcha qo‘yamiz, shunda har kim nima uchun va qanday yig‘ilayotganini biladi.

    Kanaldan«Bilim Ziyo» o‘quv markazidagi quti, 2026-yil iyul.
  3. 3

    O‘yinchoqlarni tayyorlash

    To‘lgan qutini olib, o‘yinchoqlarni saralaymiz: singan, yirtilgan yoki mayda qismlari tushadiganlari bolaga berilmaydi. Qolganlari turiga va yoshga qarab ajratiladi.

    KanaldanAngrendagi quti mehrga to‘ldi, 2026-yil avgust.
  4. 4

    Tozalash

    Har bir o‘yinchoq yuviladi, dezinfeksiya qilinadi va gigiyena talablariga rioya qilib qadoqlanadi. Bola qo‘liga faqat toza va xavfsiz o‘yinchoq tegadi.

    KanaldanQon quyish markaziga olib borish uchun qadoqlangan o‘yinchoqlar, 2025-yil iyul.
  5. 5

    Xayriya tadbirlariga

    Mehribonlik uylari, shifoxonalar va bog‘chalarga boramiz, o‘yinchoqni bolaning o‘z qo‘liga beramiz. Ko‘pincha sherik loyihalar bilan birga interaktiv o‘yinlar va viktorina o‘tkazamiz.

    KanaldanAngrendagi 37-sonli bog‘cha, NeuroHope bilan, 2026-yil avgust.

Mehrli Toys hamkorlik nuqtalari

Qutilarimiz turgan va o‘yinchoq yig‘ilgan joylar, eng yangisidan. Har birida nima bo‘lgani kanaldagi xabar bo‘yicha.

  • Teplo Fest

    Festival

    Teplo Fest

    Yapon bog‘i, Toshkent

    Festivalning uch kuni davomida, 4-6-sentabr, 12:00 dan 21:00 gacha, maxsus qutimiz turdi. Mehmonlar uydagi yumshoq o‘yinchoqni piknikka olib kelib, o‘zlari qutiga solishdi.

    Shart bitta edi: o‘yinchoq toza, butun va kichkintoylar uchun xavfsiz bo‘lsin. Festivaldan keyin barcha qatnashganlarga rahmat aytdik; yig‘ilgan o‘yinchoqlar bolalarga tarqatiladi.

    Kanaldagi post
  • My School Learning Center

    O‘quv markazi

    My School Learning Center

    O‘quv markazi jamoasi, o‘quvchilari va ularning ota-onalari loyiha uchun juda ko‘p yumshoq o‘yinchoq va LEGO to‘plamlarini yig‘ib berishdi.

    Bu sovg‘alar bolalar uylari va shifoxonalardagi bolajonlarga olib boriladi.

    Kanaldagi post
  • CIS, Toshkent kampusi

    Maktab

    CIS, Toshkent kampusi

    Toshkent

    Kampusda o‘rnatilgan qutimiz Mustaqillik bayrami arafasida to‘ldi.

    Qutini to‘ldirgan CIS o‘quvchilari, ota-onalari va barcha ko‘ngillilarga rahmat: bu o‘yinchoqlar yaqin kunlarda egalariga yetib boradi.

    Kanaldagi post
  • Suratsiz e’lon

    Maktab

    Qalam International School

    Tojikiston

    26-avgust kuni Tojikistondagi Qalam International School o‘quvchilari bir bo‘lib o‘yinchoq yig‘ishdi.

    Mashinaning yukxonasi bir qarich ham bo‘sh joy qolmaguncha to‘ldi.

    Kanaldagi post
  • Suratsiz e’lon

    O‘quv markazi

    Millennium va Abu House

    Millennium bosh kampusi, Millennium Chevar, Abu House

    Uch joydagi qutilarimiz yoniga endi loyiha haqida kichik kitobchalar qo‘yildi.

    Kitobchadan loyiha nima qilishi, o‘yinchoq qanday tayyorlanishi va qayerga olib borilishini bilib olish mumkin.

    Kanaldagi post
  • Angrendagi quti

    Maktab

    Angrendagi quti

    Angren

    Angrendagi qutimiz mehrga to‘ldi: juda ko‘p o‘yinchoq yig‘ildi.

    Shu o‘yinchoqlar keyin Angrendagi bog‘chalardagi bolalarga olib borildi.

    Kanaldagi post
  • «Bilim Ziyo» o‘quv markazi

    O‘quv markazi

    «Bilim Ziyo» o‘quv markazi

    O‘quv markazida Mehrli Toys xayriya qutisini o‘rnatdik. Uyda farzandlar o‘ynamay qo‘ygan, lekin yaxshi saqlangan o‘yinchoqlarni shu qutiga solish mumkin.

    Biz ularni tozalab, dezinfeksiya qilib, mehribonlik uylari va shifoxonalardagi bolajonlarga yetkazamiz.

    Kanaldagi post
  • Cambridge International School

    Maktab

    Cambridge International School

    Maktabda Mehrli Toys marafoni o‘tdi: o‘quvchilar va ota-onalar bir necha kun davomida o‘yinchoq yig‘ishdi.

    Yig‘ilgan sovg‘alar bolalar uylari va og‘ir kasallikka chalingan bolajonlarga topshirildi.

    Kanaldagi post
  • 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab

    Maktab

    2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab

    Farg‘ona

    Farg‘onadagi ikkinchi quti shu maktabga o‘rnatildi.

    Shundan keyin kanal obunachilaridan keyingi qutini qayerga qo‘yishni so‘radik.

    Kanaldagi post
  • Rahimov School

    Maktab

    Rahimov School

    Farg‘ona

    Loyihaning birinchi maktabdagi qutisi, Farg‘onadagi elchilarimiz bilan birga o‘rnatildi.

    Maktabda boshlangan Mehrli Toys marafoni noyabrda yakunlandi: sovg‘alar bolalar uylari va og‘ir kasallikka chalingan bolajonlarga topshirildi. Marafonni maktab ota-onalari hamjamiyati ham qo‘llab-quvvatladi.

    Kanaldagi post

Mehrli Toys o‘tgan xayriya tadbirlari

Kanal xabar bergan tadbirlar, eng yangisidan. Bosing, to‘liq hikoyasi ochiladi.

22500+

2 yilda 22 ta xayriya tadbiri va 500 dan ortiq bolaga yordam. Quyida kanalda xabari bor tadbirlar.

Mehrli Toys · O‘yinchoqlar bilan mehr ulashamiz

Bizning hamkorlar

Loyiha bilan birga ishlagan tashkilotlar: kim, qanday yordam bergan va qachondan qachongacha.

  • Rasmiy hamkor

    Mehrli Qo‘llar

    Qachondan
    15-iyul 2025
    Qachongacha
    Hozirgacha

    Mehrli Toys shu yoshlar tashabbusi doirasida tuzilgan. Ijtimoiy faollik, ko‘ngillilik va insonparvarlikni ilgari suradi; hamkorlik bilan xayriya qutilari ommaviy joylarga qo‘yiladi.

    Kanaldagi postMehrli Qo‘llar

  • O‘yinchoq hadya qiladi

    Toshkent O‘yinchoqlar Fabrikasi

    Qachondan
    10-noyabr 2025
    Qachongacha
    Hozirgacha

    O‘zbekistondagi eng yirik o‘yinchoq ishlab chiqaruvchilardan biri. Har oy loyihaga yangi, sifatli o‘yinchoqlarni muntazam hadya qiladi; 2026-yil mart oyidagi katta topshirishda ishtirok etdi.

    Kanaldagi post

  • Birga tadbir

    NeuroHope

    Qachondan
    7-avgust 2026
    Qachongacha
    18-avgust 2026

    Bolalar uchun psixologik o‘yinlar tuzadigan loyiha. Muruvvat internat uyi va Angrendagi 37-sonli bog‘chaga birga borib, o‘yin va viktorinalar o‘tkazdik.

    Kanaldagi postNeuroHope

  • O‘yinchoq yig‘di

    Qalam International School

    Qachondan
    26-avgust 2026
    Qachongacha
    Bir kunlik

    Tojikistondagi xalqaro maktab. O‘quvchilari bir kunda mashinaning butun yukxonasini o‘yinchoq bilan to‘ldirdi.

    Kanaldagi post

  • O‘yinchoq yig‘di

    My School Learning Center

    Qachondan
    avgust 2026
    Qachongacha
    Bir kunlik

    O‘quv markazi jamoasi, o‘quvchilari va ota-onalari juda ko‘p yumshoq o‘yinchoq va LEGO to‘plamlarini yig‘ib berdi.

    Kanaldagi postMy School Learning Center

  • Festivalda quti

    Teplo Fest

    Qachondan
    4-sentabr 2026
    Qachongacha
    6-sentabr 2026

    Toshkentdagi festival: uch kun davomida Yapon bog‘ida maxsus qutimiz turdi, mehmonlar o‘yinchoqlarini o‘zlari soldi.

    Kanaldagi postTeplo Fest

  • Birga tadbir

    Robo-Care

    Qachondan
    5-sentabr 2026
    Qachongacha
    Bir kunlik

    Bolalarga robototexnika o‘rgatadigan loyiha. Angrendagi «Kichik yulduzchalar» bog‘chasiga Mehrli Toys o‘yinchoqlarini birga olib bordik.

    Kanaldagi postRobo-Care

Jamoa

Qutilarni o‘rnatadigan, o‘yinchoqlarni tashiydigan va har bir tadbirni yozib boradigan jamoa.

Asosiy jamoa 05

Loyiha asoschisi va uni boshqaradigan rahbarlar.

  • Akmal Sayfutdinov
    Akmal SayfutdinovMoliya direktori (CFO)
  • Azizbek Kasimov
    Azizbek KasimovOperatsion direktor (COO)
  • Boburshokh Nishonov
    Boburshokh NishonovBosh ijrochi direktor (CEO)
  • Gulshan Odiljonova
    Gulshan OdiljonovaLoyiha asoschisi
  • Nurulloh Shukrullayev
    Nurulloh ShukrullayevMarketing direktori (CMO)

Operatsion jamoa 10

Qutilar, tadbirlar, media va PR bilan joyida shug‘ullanadiganlar.

  • Abduvosit Shodiev
    Abduvosit ShodievKoordinator
  • Axmad Obidov
    Axmad ObidovKoordinator
  • Asliddin Obidov
    Asliddin ObidovTadbirlar menejeri
  • Farruxbek Yariev
    Farruxbek YarievTadbirlar menejeri
  • Fazlulloh Ubaydullayev
    Fazlulloh UbaydullayevKoordinator
  • Gulchekhra Isaeva
    Gulchekhra IsaevaKoordinator
  • Kamron Tokhirmirzaev
    Kamron TokhirmirzaevMedia
  • Muhammadaziz Numonov
    Muhammadaziz NumonovMedia
  • Muslima Shodieva
    Muslima ShodievaPR
  • Soliha Zufarova
    Soliha ZufarovaPR

Ariza

Ko‘ngilli bo‘ling, maktabingizga quti qo‘yib elchi bo‘ling yoki tashkilotingiz bilan hamkor bo‘ling. Jamoa har bir arizani o‘qiydi.

Taxminan 10 daqiqa

01Qanday qo‘shilasiz

02O‘zingiz haqingizda

03O‘qish yoki ish

04Yordam

Qayerda, nima qilgansiz. Yo‘q bo‘lsa, shunday yozing.

05Esse

O‘zingiz va nega bolalarga yordam bermoqchi ekaningiz haqida. 150 so‘zgacha.

0 / 150 so‘z

Eslab qolgan o‘yinchog‘ingiz va u siz uchun nimani anglatgani. 120 so‘zgacha.

0 / 120 so‘z

06Rozilik