Ustoz va shogird · 2025-yildan

Shogird Uz:yoshlarni biznes bilan bog‘laydigan platforma

Biz o‘quvchi va talabalarni biznes, IT, moliya va media sohasidagi yetakchi tadbirkorlar bilan bog‘laymiz. Har mavsumda bitta ustoz: biz uning shogirdlarini e’lon, saralash va intervyu orqali tanlaymiz.

Tanlangan shogird ustoz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydi: uchrashuvlar, treninglar va real loyihalar. Maqsad: kelajak kasbiga aniq yo‘l, kuchli network va portfolio uchun haqiqiy tajriba.

mavsum
6
ustoz
6
ariza, 5-mavsumda
112
Hasan Mamasaidov va 2-mavsum shogirdi
2-mavsum: Hasan Mamasaidov va uning shogirdi

Shogird Uz’ga ariza jarayoni

Har bir mavsum to‘rt bosqichdan o‘tadi: ustozni topishdan uning yonida ishlashgacha.

  1. 1

    Biznes egasi bilan bog‘lanish

    Tajribasi va natijasi bor tadbirkor yoki mutaxassisni topamiz, loyiha haqida aytib, shogird olishga taklif qilamiz.

    Ustoz bilan dastur shaklini kelishamiz: nechta shogird, qaysi yo‘nalish, qancha vaqt va qanday talablar.

    Kanaldan misol
  2. 2

    Dasturni e’lon qilish

    Telegram kanalimizda ustozni tanishtiramiz: dastur jarayoni, talablar va tanlov mezonlari.

    Ariza qabul qilish taxminan bir oy davom etadi; ariza forma yoki bot orqali topshiriladi.

    Kanaldan misol
  3. 3

    Tanlov jarayoni

    Jamoa har bir arizani ko‘rib chiqadi va eng kuchli nomzodlarni intervyuga taklif qiladi; ba’zan intervyuda ustozning o‘zi qatnashadi.

    Oxirida mavsumga 12 nafargacha shogird qabul qilinadi, har mavsumda soni ustozga qarab belgilanadi.

    Kanaldan misol
  4. 4

    Dastur davomida

    Bir-ikki oy davomida shogird o‘z biznes ustozi yonida bo‘ladi: uchrashuvlar, treninglar va dala ishlari.

    Real loyihalarda ishlaydi, ustozning qarorlari va ish uslubini ichidan ko‘radi.

    Kanaldan misol

Dasturda nima qilasiz

Ustoz o‘z tajribasini beradi, shogird uch yo‘l bilan o‘rganadi.

  • Eldor Khamraev bilan vebinar

    Uchrashuv va seminarlar

    Ustoz o‘z yo‘li, qarorlari va xatolari haqida gapiradi, savollarga javob beradi.

  • Treninglar

    Kerakli ko‘nikmalar amalda mashq qilinadi: tahlil, sotuv, dizayn, shaxsiy brend.

  • 2-mavsum, Hasan Mamasaidov bilan

    Yonma-yon ish

    Shogird ustoz bilan birga yuradi va uning real loyihalarida ishlaydi.

O‘tgan mavsumlar va tadbirlar

Kanal xabar bergan har bir mavsum va tadbir, eng yangisidan.

  • 6-mavsumavgust 2026 · sentabr 2026

    Laziz Adhamov

    Tadbirkor va IT ekspert bilan mavsum: atigi 2 nafar shogird.

    Talablar: 18 yoshdan katta, biznes va IT’ga qiziqish, rus tilini bilish va mas’uliyat bilan ishlashga tayyorlik.

    Ariza qabuli ko‘plab murojaatlar sababli uzaytirildi va 10-sentabrda yakunlandi.

    o‘rin
    2
    Kanaldagi post
  • Bu mavsum kanalda video bilan chiqqan.

    5-mavsumiyul 2026 · avgust 2026

    Umidjon Ishmukhammedov

    112 ariza, 2-bosqichda 22 nafar, yakunda 10 nafar shogird.

    Yo‘nalishlar: tanqidiy fikrlash, IT, biznes va sotuv. Shogirdlar 22-avgustda ustoz bilan birinchi sessiyalarini boshlashdi.

    Mavsum ishtirokchilari ustoz bilan ishlash taassurotlarini kanalda video orqali bo‘lishishdi.

    ariza
    112
    2-bosqichda
    22
    shogird qabul qilindi
    10
    Kanaldagi post
  • 4-mavsummart 2026 · aprel 2026

    Shohida Ibragimova

    Faqat ayol-qizlar uchun mavsum: moliya va strategik fikrlash.

    Ustoz: investor, moliya va “pul ilmi” bo‘yicha mutaxassis, 300 000 dan ortiq odamga moliyaviy savod o‘rgatgan.

    Barcha ishlardan eng yaxshi beshtasi intervyuga chaqirildi, yakunda 2 nafar shogird tanlandi.

    intervyuda
    5
    shogird qabul qilindi
    2
    Kanaldagi post
  • Bu mavsum kanalda video bilan chiqqan.

    3-mavsumfevral 2026 · mart 2026

    Otabek Mahkamov

    Bloger, yurist va jurnalist bilan mavsum: media, huquq va shaxsiy brend.

    Grafik dizaynerlar, sayt qila oladiganlar va LinkedIn’ni tushunadiganlar izlandi. Yuzlab arizadan 5 nafar intervyuga o‘tdi.

    Yakunda 3 nafar shogird tanlandi va ustoz bilan real loyihalarda ishlay boshladi.

    intervyuda
    5
    shogird qabul qilindi
    3
    Kanaldagi post
  • 2-mavsumnoyabr 2025 · dekabr 2025

    Hasan Mamasaidov

    O‘zbekistonning taniqli tadbirkori, M-Faktor va Kalibr asoschisi bilan 1:1 biznes mentorlik.

    Arizalar bot orqali qabul qilindi, eng kuchli 5 nafar intervyuga o‘tdi.

    G‘olib shogird kuchli soft-skills, fikrlash madaniyati va motivatsiyasi bilan ajralib turdi va ustoz bilan real loyihalarda ishlashni boshladi.

    intervyuda
    5
    shogird qabul qilindi
    1
    Kanaldagi post
  • Vebinarnoyabr 2025

    Eldor Khamraev bilan vebinar

    Qatardagi Carnegie Mellon Universiteti talabasi bilan jonli Telegram videochat.

    Eldor CMUQ’dagi hayoti, investment banking yo‘lidagi safari haqida gapirdi va obunachilarning savollariga javob berdi.

    Kanaldagi post
  • 1-mavsumsentabr 2025

    Asilbek Ashurov

    Birinchi mavsum: UChicago ’29 talabasi va SATMakon asoschisi bilan 1:1 biznes mentorlik.

    80 dan ortiq ariza keldi, taxminan 6 foizi intervyuga o‘tdi; intervyuda Asilbekning o‘zi qatnashdi.

    Mavsum atigi 2 o‘rin uchun edi.

    ariza
    80+
    intervyuda
    ~6%
    o‘rin
    2
    Kanaldagi post

Ustozlarimiz va ularning bizneslari

Shogird olgan tadbirkor va mutaxassislar: loyihaning hamkorlari.

  • Laziz Adhamov6-mavsum ustozi

    Laziz Adhamov

    SAP Uzbekistan (2012-2023), TOP-Contact, BookCafe, LINKO, TEAM University

    SAP Uzbekistan’ni 11 yil boshqargan; TOP-Contact asoschisi, BookCafe va LINKO hammuassisi, TEAM University asoschilaridan biri.

    Kanaldagi e’lonProfil

  • UI5-mavsum ustozi

    Umidjon Ishmukhammedov

    Biznes, IT va sotuv

    Tanqidiy fikrlash, IT, biznes va sotuv yo‘nalishlarida shogird oldi.

    Kanaldagi e’lonProfil

  • SI4-mavsum ustozi

    Shohida Ibragimova

    Investitsiya va moliyaviy savodxonlik

    Investor, moliya va “pul ilmi” bo‘yicha mutaxassis; 300 000 dan ortiq odamga moliyaviy savod o‘rgatgan.

    Kanaldagi e’lonProfil

  • OM3-mavsum ustozi

    Otabek Mahkamov

    Media, huquq va shaxsiy brend

    Bloger, yurist va jurnalist; media, huquq va shaxsiy brending kesishmasida ishlaydi.

    Kanaldagi e’lonProfil

  • Hasan Mamasaidov2-mavsum ustozi

    Hasan Mamasaidov

    M-Faktor, Kalibr

    O‘zbekistonning eng taniqli tadbirkorlaridan biri, M-Faktor, Kalibr va boshqa loyihalar asoschisi.

    Kanaldagi e’lonProfil

  • Asilbek Ashurov1-mavsum ustozi

    Asilbek Ashurov

    SATMakon

    O‘zbekistondagi yirik SAT tayyorlov markazi SATMakon asoschisi, University of Chicago ’29 talabasi.

    Kanaldagi e’lon

Biznesingizga shogird kerakmi?

E’lon beramiz, nomzodlarni saralaymiz va intervyu qilamiz. Sizga faqat o‘rgatish qoladi.

Ustoz bo‘lish

Jamoa

Ustozlarni topadigan, e’lonni tayyorlaydigan, nomzodlarni saralaydigan va dasturni yuritadigan jamoa.

Asosiy jamoa 02

Loyiha hammuassislari.

  • Abdumalik Abdulkhaev
    Abdumalik AbdulkhaevLoyiha hammuassisi
  • Kamron Sobirjonov
    Kamron SobirjonovLoyiha hammuassisi

Operatsion jamoa 03

Ustoz bilan kelishuvdan dastur yakunigacha jarayonni yuritadigan koordinatorlar va media.

  • Azizbek Kasimov
    Azizbek KasimovKoordinator
  • Farxod Toxirmirzaev
    Farxod ToxirmirzaevKoordinator
  • Xasanboy Rakhimov
    Xasanboy RakhimovMedia

Ariza

Shogird bo‘ling, jamoamizga qo‘shiling yoki biznesingizga shogird oling. Jamoa har bir arizani o‘qiydi.

Taxminan 10 daqiqa

01Kim sifatida

02O‘zingiz haqingizda

03O‘qish yoki ish

04Qiziqishlar va tajriba

Nima qilgansiz: loyiha, olimpiada, ish, portfolio havolasi.

05Esse

O‘zingiz va nega ustoz yonida o‘rganmoqchi ekaningiz. 150 so‘zgacha.

0 / 150 so‘z

Aniq maqsad: qaysi ko‘nikma yoki qaror yo‘lini. 120 so‘zgacha.

0 / 120 so‘z

06Rozilik